Triumph kompaniyasining ming ot kuçiga ega mototsikli öz rekordini yangiladi. Britaniyalik motopoygaçi Gay Martin boşqaruvidagi stimlayner AQŞning Bonnevil kölida soatiga 441,280 km tezlikkaça harakatlana olgan.
Triumph Infor Rocket Steamliner modelining korpusi karbon va kevlar (para-aramid (poliparafenilen-tereftalamid) tolasi)dan yasalgan. Motosiklga ikkita turbo motor örnatilgan bölib, ular jami 1000 ot kuçini beradi.

«Triumf»ning avvalgi rekordi amerikalik Bob Leppanga tegişli bölib, u 1966-yili Gyronaut X-1 modelida soatiga 395,363 km tezlikda harakatlana olgan. Triumph kompaniyasining monokok (bunday qurilmalar yagona korpusga ega bölib, ayni korpusdan boşqa taşuvçi konstruksiya bölmaydi) rusumidagi «stimlayner»lari 1955- 1970 yillar oraliğida eng tezkor mototsikllar hisoblangan.
2010-yildan dunyoning eng tez stimlayneri maqomi Ack Attack qurilmasiga tegişli. U, Roki Robinson boşqaruvida ayni şu Bennevil kölida soatiga 605,7 km tezlikda harakatlangan.








