Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Mudofaa vazirligining razvedka xizmati tomonidan Qrimda terakt sodir etişga uriniş bölgani haqida tarqatilgan xabarga munosabatini bildirdi. Bu haqida «Interfaks» xabar qildi.
U Ukraina tomoni harakatlarini «öta xavfli öyin» deb atagan va Rossiya öz hududida xavfsizlikni ta'minlaş uçun zarur çoralar körişini ta'kidlagan.
Putin şuningdek, Ukraina siyosiy vaziyatni tinç yöl bilan barqarorlaştiriş yöllarini qidiriş örniga terrordan foydalanişga ötgani haqida gapirgan.
Bundan oldinroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim Respublikasi hududida Ukraina mudofaa vazirligining Razvedka boş boşqarmasi tomonidan tayyorlangan terrorçilik aktlarining oldi olinganini ma'lum qilgani haqida xabar berilgandi.
7 avgustga ötar keçasi yuz bergan töqnaşuvda FXXning bir xodimi, 8 avgustga ötar keçasi bölib ötgan otişma davomida rossiyalik bir harbiy halok bölgan.
Köp ötmasdan Ukraina razvedkasi vakili Ukraina mudofaa vazirligiga qaraşli maxsus bölinmalar diversion guruhlari Qrimga bostirib kirgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.







