General Motors konserni özining Miçigandagi poligonida Cadillac prototipini sinovdan ötkazayotganda olingan suratlar Motor1 naşrida çop etildi. 

Joriy limuzin kabi yangi maşina ham oğir pikap şaklida yaratiladi. Limuzinning taşqi körinişi "Kadillak"ning sönggi modellari -  CT6 flagman sedani va XT5 krossoveri  uslubida bajariladi.

Avtomobil AQŞ yangi prezidentining inaguratsiyasiga (2017 yilning 20 yanvari) qadar tayyor bölişi kerak. Saylovlar 2016 yilning 8 noyabrida bölib ötadi, prezident lavozimini egallaş uçun Hillari Klinton va Donald Tramplar bellaşişadi. 

Hozirda foydalanilayotgan Cadillac The Beast  2009 yildan beri prezidentning xizmatida. Uni dunyodagi eng himoyalangan maşina, deb ataşadi: taxminlarga köra, avtomobilda maxfiy himoya texnologiyalari köp, sayohatlar çoğida esa uni yigirmadan ortiq maşina va mototsikllar kuzatib boradi.