Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qirğizistonlik muhojirlarni "qora röyxat"dan çiqarişni sörab xat yöllagan. Bu haqda Qirğiziston mirgatsiya xizmati rahbari örinbosari Almazbek Asanbayev matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.
Uning qayd etişiça, davlat rahbari xatni 2 hafta muqaddam yöllagandi.
«Öylaymanki, Rossiyadagilar bu maktubni qabul qilib olişgan. Qanday qaror qabul qilişgan bölsa ham, biz barça özgarişlar haqida xabardor qilamiz», - degan amaldor.
Uning sözlariga köra, bugungi kunda RF "qora röyxati"da yana 119 ming nafar qirğizistonlik qolmoqda. Uning eslatişiça, 2015 yil boşida röyxatdagi qirğizistonliklar soni 194 ming nafar edi. Qirğiziston va Rossiya hukumatlari örtasidagi muzokaralar natijasida 2015 yil oxirida bu miqdor 74 ming kişiga tuşirilgandi.







