ESET kompaniyasi mutaxassislari Facebook ijtimoiy tarmoğida fişerlar – ma'lumotlarni öğrilaş uçun işlatiladigan maxsus saytlar faollaşganidan ogohlantirdi.
Xakerlar buzib kirilgan akkauntlardan foydalanib, Pragada teraktlar bölgani haqida yolğon axborot tarqatmoqda va xabarga izohlarda jabrdiyda döstlari röyxatidan foydalanuvçilarni belgilaşmoqda. Foydalanuvçilar xabardagi havola böyiça ötganlarida tovlamaçi saytga tuşmoqdalar. Bu saytda yangilikka ötiş uçun feysbukdagi login va parol kiritiş taklif qilinmoqda. Şu tariqa xakerlar qarmoğiga yana bitta akkaunt tuşmoqda.
Ayni vaqtda xakerlarning hujumlaridan Çexiya va Slovakiyada yaşovçilar jabr körmoqdalar, biroq mutaxassislar hujum kuçayotganidan ogohlantirişmoqda. Oxirgi vaqtda bu firibgarlik sxemasidan foydalanuvçi 80 ta domen aniqlangan.
Pragada oxirgi yirik terakt 2013 yil 29 aprelda yuz bergandi. Öşandan beri Pragada heç qanday yirik favqulodda vaziyat qayd etilmagan.







