Farğona viloyati tuman va şaharlarida ham Prezidentimiz taşabbusi bilan keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilib, hudud mutlaqo yangi, körkam qiyofa kasb etdi.
Mana bu raqamlarga bir e'tibor bering: Farğona şahrida 2011-2015 yillarda 1,5 trillion sömlik quriliş-obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Bu jarayonda avtomobil yöllari tizimini tubdan yaxşilaş böyiça olib borilgan işlar ayniqsa diqqatga sazovordir.
Katta halqa yölining Aeroport köçasida qayta quriş işlari yakunlandi. Yangi barpo etilgan va uzunligi 14,2 kilometrlik kiçik halqa yöli töliq rekonstruksiya qilindi. Şaharning Aeroport, Al-Farğoniy, Quvasoy, Alişer Navoiy, Mustaqillik köçalarida rekonstruksiya işlari yakunlanib, foydalanişga topşirildi. Sayilgoh, E'tiqod, Qaşqar, Forobiy köçalari, Mustaqillik köçasining Farğona – Vodil yönalişidagi avtomobil yöllarida rekonstruksiya va töliq ta'mirlaş işlari nihoyasiga yetkazildi.
Şaharda yangi köpriklar quriş, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş böyiça belgilangan dastur doirasida Marğilonsoy kanalini kesib ötuvçi 12 va boşqa yöllardagi 5 köprikda 2,5 milliard sömlik quriliş-montaj işlari bajarildi. Marğilonsoy özanini rekonstruksiya qiliş, ikki qirğoğida himoya vositalari örnatiş, piyodalar yölakçalari, yoritiş tizimi barpo etiş işlari amalga oşirildi.
Hayotbaxş özgarişlar tufayli Farğona şahrining yangi ma'muriy-madaniy markazlari şakllantirildi. Quvasoy köçasida ming örinli muhtaşam viloyat Teatr-konsert saroyi foydalanişga topşirildi.
Bugun uşbu maskanga kelgan hamyurtlarimiz nafaqat madaniy dam oladi, balki 40 gektar maydondagi 11 mingdan ortiq tabiat olami manzaralaridan zavq oladi, miriqib hordiq çiqaradi. Hudud manzarasiga uzukka qöyilgan közdek mos tuşgan kaştan, dub, akatsiya, sosna, sofora, ayva, qarağay, lola daraxti kabi manzarali daraxtlar baravj rivojlanmoqda.
Yangidan qurib bitkazilgan 500 örinli lazer-şouli amfiteatr, Alişer Navoiy, Oqariq, Quvasoy, Özbekiston ovozi köçalari kesişgan joydagi 4 yoritkiçli musiqali favvoralar yurtdoşlarimizning mazmunli hordiq çiqarişiga xizmat qilmoqda.
Al-Farğoniy nomidagi madaniyat va istirohat boği töliq rekonstruksiya qilindi va bu yerda bolalar uçun qöğirçoq teatri binosi yangidan qurildi. Sayilgoh va Mustaqillik köçalari orasidagi Bolalar boğini rekonstruksiya qiliş, zamonaviy attraksionlar örnatiş, muzqaymoq va yaxna içimliklar şoxobçasi, sovğalar dökonini quriş işlari yakunlandi. Quvasoy köçasidagi sobiq Töqimaçilar boği örnida bolalar uçun attraksionlar majmuasi barpo etildi. Qirguli mavzesida bolalar xiyoboni taşkil etildi, Farğona neftni qayta işlaş zavodi qoşida yangi sport majmuasi qurib bitkazildi.







