Xitoyda 2016 yilning dastlabki 7 oyida internet orqali çakana savdo hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 27,5 foizga oşib, 2,6268 trln yuanga (395 mlrd dollar) yetdi. Bu haqda Xitoy davlat statistika boşqarmasi hisobotida ma'lum qilindi.
"Internet orqali xarid qiliş Xitoy aholisi orasida odat tusiga kirmoqda. Bu işlab çiqaruvçilarga ham ta'sir qilişni boşlamoqda. Şungaça yetib bordiki, kompaniyalarning bir qismi öz mahsulotini faqatgina internet orqali sota boşladi", deb aytdi boşqarmaning rasmiy vakili Şen Layyun.
Hisobotda ta'kidlanişiça, Xitoyda internet-savdolar uluşi aholining umumiy xaridlari hajmida 11,6 foizga yetdi.
Ayni vaqtda Xitoy hukumati internet, elektron savdoning rivojlanişiga katta e'tibor qaratmoqda. Avvalroq Xitoy boş vaziri Li Ketsyan kiberhudud innovatsiyalar uçun keng istiqbolli maydon hisoblanişini aytgandi. Uning aytişiça, ayniqsa logistika sohasida tub özgarişlar yuz bermoqda.







