Kompyuter jihozlari işlab çiqaruvçi Logitech şveysar kompaniyasi "aqlli uy" uçun köp vazifali pereklyuçatelni taqdim qildi. Yangi qurilma Pop Home Switch deb atalib, intellektual tizimlarni boşqarişni soddalaştirib, butun elektronikani bir universal pult yordamida nazorat qilişga imkon beradi.
Pop Home Switch kaft ölçamidek keladigan katta tugma kabi körinişga ega. U konsentratorga ulanadi, konsentrator esa Bluetooth LE orqali rozetkaga ulanadi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, pereklyuçatel Phillips Hue va LIFX smart-lampoçkalaridan tortib Lutron pardalari va August qulflarigaça barça yirik kompaniyalarning "aqlli" uy jihozlari bilan işlay oladi.

Qurilmani Android yoki iOS operatsion tizimi uçun möljallangan mobil dastur yordamida uçta harakatni bajarişga: tugmaga bir marta, ikki marta va uç marta bosişga dasturlaş mumkin. Misol uçun, bir pult yordamida yotoqxonadagi yoruğlikni pasaytiriş, musiqani yoqiş va pardalarni kötariş mumkin.
Barça tugmalar bitta konsentratorga ulanadi va istalganda uni turli xonalar böyiça joylaştiriş mumkin. 100 dollarlik standart Starter Pack töplamiga ikkita Pop tugmasi va bitta xab kiradi. Tugmani alohida 40 dollarga sotib oliş mumkin. AQŞda tugma avgustdan boşlab sotuvga çiqariladi.







