Business Insider muharriri Mett Vaynberger sayyoramizdagi eng sokin joy — Microsoft'ning ovozni içkaridan yutuvçi  aks-sadosiz xonasini ziyorat qilib, Windows işlab çiqaruvçilarining loyihasidan hayratga tuşdi. "Men dunyodagi eng sokin xonada 5 daqiqa vaqt ötkazdim va aqldan ozişimga ozgina qoldi", — deydi öz taasurotlari bilan örtoqlaşib jurnalist.

Sirli möjazgina xona Microsoft kampusidagi Building 88 tajribalar laboratoriyasi binosining içki qismida joylaşgan. Ötgan yilning söngida u Ginnesc rekordlari kitobiga sayyoradagi "eng sokin" joy deb kiritilgan. 

Xona içidagi şovqin darajasi rekord körsatkiçni qayd etadi –20,35 detsibel. Microsoft ta'kidlaşiça, bir-biriga urilib harakatlanadigan havo zarraçalari tufayli xonani yanada sokin qilişning imkoni yöq.  Vaynberger sözlariga köra, taşqi şovqindan butunlay izolatsiya qilingan xonada gapiriş juda ham qiyin: "siz özingizni xuddi yostiq ostida baqirayotgandek his qilasiz".

Microsoft öz mahsulotlarini takomillaştiriş uçun audiolaboratoriyadan foydalanadi. Misol uçun, foydalanuvçi boşqa xona burçagidan Windows-qurilmani işlatmoqçi bölganida mazkur laboratoriya Cortana ovoz yordamçisining tinglaş qobiliyatini kuçaytirişi mumkin. Şuningdek, Surface-planşet va noutbuklar uçun ilğab bölmas signallarni sezişga örgatadi.