Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegişli farmoyiş bilan prezident ma'muriyati rahbari Sergey Ivanovni lavozimidan ozod qildi. Kreml saytida ma'lum qilinişiça, endi u Rossiya prezidentining Tabiatni muhofaza qiliş, ekologiya va transport masalalari böyiça maxsus vakili sifatida iş olib boradi.

Putin öz ma'muriyatining yangi rahbari etib Anton Vaynoni tayinlagan. Bungaça u Sergey Ivanovning örinbosari sifatida faoliyati körsatib kelayotgandi. Uning işini endi Vladimir Ostrovenko davom ettiradi.

Xabar qilinişiça, Ivanov özini işdan ozod etişni prezidentdan özi iltimos qilgan.
Qayd etiş kerakki, Sergey Ivanov avvalroq maxsus xizmatlarda işlagan. U intervyularidan birida xizmat paytida Vladimir Putin bilan xonadoş bölgani, josuslikka işqibozligi haqida gapirib bergandi.
Razvedkada işlagan vaqtlarini yodga olaturib u Davlat xavfsizlik qömitasi (KGB)ning Leningrad boşqarmasida Putin bilan bitta xonada işlaganini aytib ötgan.







