Riodagi Olimpiya qişloğida  portlaş yuz berdi. Bu terakt bölmagan: portlaşni sapyorlar amalga oşirişgan. 

Ispaniya va Nigeriya terma jamoalari örtasidagi basketbol uçraşuvidan oldin Arena Carioca stadioni oldida şubhali ryukzak aniqlangan. Sapyorlar voqea joyidan odamlarni evakuatsiya qilib, topilmani portlatib yuborganlar. Keyinroq ryukzak içida heç qanday portlovçi modda yöqligi, balki faqatgina planşet va kiyimlar borligi aniqlangan. 

Portlaş basketbol uçraşuvlari jadvaliga ta'sir qilmagan, tomoşabinlar öz örinlariga qaytişgan va uçraşuv öz vaqtida boşlangan.

Riodagi Öyinlar davomida ehtiyot çorasi sifatida bir neça marotaba evakuatsiyalar ötkazildi. 3 avgustda suv sporti turlari saroyidan şubhali sumka sababli tomoşabinlar evakuatsiya qilingandilar, 6 avgustda esa velotrassa oldida portlovçi qurilmaga öxşaş buyum aniqlanib, u sapyorlar tomonidan portlatib yuborilgan.

7 avgustda Olimpiya matbuot markazi trevoga signalining bexosdan yoqilib ketişi sababli evakuatsiya qilingandi. 8 avgustda portda şubhali buyum, 10 avgustda esa Kopakabana yaqinida egasiz sumka portlatib yuborilgan.