2016 yilning 12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Kipr Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Georgios Kasulidisni (qarorgohi Moskva şahrida) qabul qildi.

Elçi Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yöllangan işonç yorliqlarini topşirdi.

Bölib ötgan suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlar, jumladan Yevropa Ittifoqi, BMT va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Uçraşuvda turli sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantiriş, davlatlararo muloqotlarni hamda Özbekiston va Kipr Respublikasi biznes-doiralari örtasidagi almaşinuvlarni faollaştirişga ikki tomon ham qiziqiş bildirdi.