Har yili 13 avgustda norasmiy ravişda Xalqaro Çapaqaylar kuni (International Lefthanders Day) nişonlanadi. 1984 yilda YuNeSKO 13 avgustda Çapaqaylar kunini nişonlaş borasida qaror qabul qildi. Bundan közlangan asosiy maqsad çap qölidan köproq foydalanayotganlarga e'tibor qaratişdan, ular uçun mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantirişdan iborat. Ma'lumki, bir qator mamlakatlarda çapaqaylarni öng qölda yozişga majbur qiliş hollari ham uçrab turardi. Xalqaro Çapaqaylar kunining ötkazilişidan asosiy maqsad ham mana şu kabi noxuş holatlarga barham berişga qaratilgan. Birinçi ön yillikda bu bayram tor doirada nişonlangan. Keng jamoatçilik uzoq muddat Çapaqaylar kuniga e'tibor qaratmay kelgan.
Ayrim ma'lumotlarga köra, ilk bor Xalqaro çapaqaylar kuni 1976 yilning 13 avgustida Lefthanders International taşkilotining taşabbusiga köra nişonlangan edi. Biroq boşqa manbalar birinçi Xalqaro Çapaqaylar kuni 1992 yilning 13 avgustida Britaniya çapaqaylar klubi tomonidan ötkazilganini aytişadi.
AQŞda ötkazilgan 1991 yilgi tadqiqotlarga köra, boşqalarga nisbatan çapaqaylar köproq işlab çiqarişdagi falokatlarda jarohat olar va vafot etar ekan.

Tahlilçilarning fikriça, sayyoramizda istiqomat qilayotgan aholining 15 foizini çapaqaylar taşkil qiladi. Yoki har yetti kişidan biri çapaqaylardir. Çapaqay deganda öng qölidan köra köproq çap qölini işlatayotganlarga aytiladi. Ular ovqat yeyiş, yoziş va boşqa hamma zarur işlarni çap qölda bajarişadi. Çapaqaylar maişiy hayotda bir qator qiyinçiliklar bilan töqnaş keladi. Bu borada yoziş qurollari, kompyuter siçqonçasi, oşxona jihozlari va boşqa buyumlar önaqaylarga möljallab işlab çiqarilgani aniq.

Ayollarga nisbatan köproq erkaklar çapaqay bölar ekan. Çapaqaylar eng köp istiqomat qiladigan mintaqalar qatoriga Janubiy Osiyo, Şarqiy Yevropa, Janubiy-Şarqiy Osiyo va Avstraliyani kiritiş mumkin. Janubiy yarim şar köproq çapaqay ekani aytiladi. Ayni damda yer yuzidagi çapaqaylarning soni 500-800 million atrofida ekani ma'lum qilingan. Yevropada tuğilayotgan çaqaloqlarning 10 foizini çapaqaylar taşkil qiladi. Yil sayin çapaqay bölib tuğilayotgan çaqaloqlar soni ortib bormoqda. Şu sababli ham Xalqaro Çapaqaylar kuni yer yuzidagi millionlab kişilarning bayrami, desak xato qilmaymiz.
Katta yoşga yetgaç çapaqaylar artist, rassom, yozuvçi bölib yetişişadi. Ular qiliçbozlik va stol tennisi bilan şuğullanişni sevişadi. 2014 yil oktabridagi holatga köra, jahondagi eng zör tennisçining 20 nafari çapaqay bölgan.








