AQŞning Virjiniya ştati Frederiksburg şahrida yengil motorli samolyotning halokatga uçraşi oqibatida 6 kişi hayotdan köz yumgan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Politsiya ma'lumotlariga köra, samolyot qönayotgan vaqtda yölakdan çiqib ketib, daraxtga borib urilgan. 

Töqnaşuv yuz bergaç, yonğin paydo bölgan. Qutqaruvçilar samolyot içidan 6 kişining jasadini olib çiqişgan. Hozirça, ularning bir ştatdan ekani aytilib, şaxsi aniqlanmoqda.