AQŞ harbiy-havo kuçlarining 12 ta F-15C qiruvçi samolyoti Estoniya poytaxti Tallin yaqinidagi Emari aviabazasiga 15 avgustda boşlanadigan birgalikdagi maşğulotlarda iştirok etgani keldi, deb ma'lum qildi Estoniya mudofaa vazirligi boş ştabi.   

F-15C samolyotlari AQŞ HHKning Yevropadagi qömondonligining 493-qiruvçi eskadrilyasi tarkibiga kiradi. Bu eskadrilya Britaniyadagi Lakenheath aviabazasida joylaşgan.

"Boşlanayotgan birgalikdagi maşğulotlar AQŞ bizning mintaqa xavfsizligini ta'minlaş böyiça öz va'dalariga jiddiy qaraşini körsatadi", deb aytdi Etoniya HHK ştabi boşliği podpolkovnik Toomas Susi.

2 sentabrgaça davom etadigan maşğulotlarda şuningdek Ruminiyadagi Campia Turzii aviabazasidan keladigan yana 4 ta F-15C, Buyuk Britaniya HHKning Boltiqböyi davlatlari havo hududini himoya qiliş böyiça missiyani bajaruvçi 4 ta Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyoti, Estoniya HHKning L-39 maşğulot samolyotlari hamda Emaridagi havo operatsiyalarini boşqariş markazi harbiylari iştirok etadilar.