Yangi öquv yili boşlanişiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ota-onalar farzandlari uçun kerakli öquv qurollarini xarid qilişga kirişib ketişgan.

Boşlanğiç sinf öquvçisi bilan yuqori sinf öquvçisiga olinadigan narsalar biroz farq qiladi. Quyida e'tiboringizga barça öquvçilarga birdek zarur xaridlar röyxatini havola qilamiz.

Maktab formasi
Har bir maktabning öziga xos formasi böladi: bir maktabda oq kofta va qora yubka (öğil bolalarga - oq köylak qora şim) kiyilsa, boşqasida maxsus biçimdagi bir xil rangli kiyim talab qilinadi. 

Har qanday holatda ham öğil bolaga 2 köylak va 2 şim olib qöygan ma'qul, çunki öquv yili davomida har xil vaziyatlar bölişi mumkin. 

Qiz bolaga esa oq rangli 2 kofta va 2 yubka (yoki sarafan) taxt qilgan yaxşi. 

Poyafzal
Farzandlaringiz kunning yarmini maktabda ötkazadi, şu bois ularning oyoqlaridagi poyafzal qulay va sifatli bölişiga ahamiyat bering.

Öquvçilarga kiçik maslahat: öquv yili boşlanguniça imkon qadar yangi poyafzalda yurib turing, aks holda maktab boşlanganidan keyin boşqa poyafzal qidirib qolişingiz mumkin. 

Sport kiyimi
Özingizga ma'lum, maktabda jismoniy tarbiya fanida kiyiladigan kiyimga ham alohida diqqat qilinadi. Şu bois tabiiy matolardan tikilgan oq futbolka (heç qanday yozuv va rasmlarsiz), töq rangli şortilar buning uçun ayni muddao. Sport poyafzali ham esdan çiqmasin!

Paypoq
Qiz bolalarga kundalik kiyiş uçun 2-3 xil, öğil bolalarga esa imkon qadar köproq paypoq "ğamlab qöyiş" lozim. Ha, darvoqe, jismoniy tarbiya uçun alohida paypoq kiyişni unutmang. 

Qiz bolalarning onalari kolgotka xarid qilişni yoddan çiqarmasliklari kerak. Har kunga kiyişga 2-3 xil rangli kolgotka va bayramlarda kiyiş uçun bir juft oq kolgotka sotib olsangiz, salqin tuşganda şoşib qolmaysiz. 

Yuqori sinflarda tahsil oluvçi qizlarga tanaga yaqin rangdagi va qora rangli kolgotkalar töğri keladi. 

Portfel yoki sumka
Bugungi kunda boşlanğiç sinf öquvçilari uçun ortopedik portfellar tavsiya qilinmoqda. Ularning tanaga tegib turadigan tomoni maxsus tuzilişga ega böladi.