AQŞ prezidenti Barak Obama Martas-Vin'yard oroliga ikki haftalik ta'tilida özi bilan birga oladigan 5 ta kitob nomini aytdi, deb xabar bermoqda CNN.

Ta'kidlanişiça, u mutolaa qilgani özi bilan birga britaniyalik yozuvçi Pola Xokinsning "Poyezddagi qiz" psixologik trillerini, Kolson Uaytxedning  afroamerikalik ayolning hayoti haqidagi "Yer osti temir yöli" kitobini, Costa britan mukofotini olgan Xelen Makdonaldning "Men loçinman" kitobini, Nil Stivensonning "Yetti Yeva" fantastik romani va 2016 yilda eng yaxşi avtobiografiya uçun Pulittser mukofotini olgan Uilyam Finneganning "Yovvoyi kunlar: serfyor hayoti" kitobini oldi.