Özbekistonlik dzyudoçi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasidagi uçinçi jangida ham ğalaba qozondi. Bu haqda internet naşrlarida ma'lum qilinmoqda.
Dzyudoning erkaklar örtasida eng oğir vazn toifasida (100 kilogrammdan ziyod vazn toifasi) iştirok etayotgan Abdulla Tangriyev çorak final bahsini qirğizistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarşi ötkazgan.
U bu safar ham "ippon" bahosi bilan ğalaba qozondi va yarim finalga yöl olgan.
Tangriyev bundan oldingi bosqiçlarda samoalik Derek Suani va ruminiyalik Daniel Natyani "ippon" baholari bilan taslim qilgandi. Tangriyevning bu bahslari kabi çorak finaldagi çiqişi ham Sport TV orqali namoyiş etilmadi.
Tangriyev yarim finalda yaponiyalik dzyudoçi Xisayoşi Xarasafaga qarşi jang olib boradi. Yarim final bahslari 23:30dan boşlab start oladi.







