Rio Olimpiadasining dzyudo bahslarida +100 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan dzyudoçi, 35 yoşli Abdulla Tangriyev braziliyalik Rafael Silvaga qarşi bronza medali uçun jangda tatamiga çiqdi.
Yarim finalda yaponiyalik raqibga imkoniyatni boy bergan Tangriyev kun davomidagi beşinçi jangida yutqazdi. Mezbonlar vakili bitta yuko bahosi bilan ğolib çiqdi.
Özbekistonlik dzyudoçilarning oxirgi vakili bölmiş Abdulla Tangriyev turnirdan medalsiz qaytadigan böldi. Dzyudoçilar Özbekiston delegatsiyasi hisobiga 2ta bronza medalini taqdim etişdi. Diyorbek Örozboyev va Rişod Sobirov bronza medallariga ega çiqdi.







