Özbekistonlik dzyudoçi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasidagi ikkinçi jangida ham ğalaba qozondi. Dzyudoning erkaklar örtasida eng oğir vazn toifasida (100 kilogrammdan ziyod vazn toifasi) iştirok etayotgan Abdulla Tangriyev ruminiyalik Deniyel Nateaga qarşi tatamiga çiqdi va bu safar ham "ippon" bahosi bilan çorak final yöllanmasini qölga kiritdi.
U avvaliga "vazari" işlagan bölsa, bellaşuv tugaşiga 22 soniya qolganda "ippon"ni rasmiylaştirdi.
Birinçi bosqiçda Tangriyev samoalik Derek Suani ippon bahosi bilan mağlub etgandi.
Endi u çorak final bosqiçida qirğizistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarşi kuraş olib boradi.







