Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilayotgan 2016 yilgi Yozgi Olimpiadaning boks böyiça musobaqalari çorak finalida -60 kilogramm vazn toifasida iştirok etayotgan Xurşid Tojiboyev mezbonlar vakili Robson Konseysanga qarşi ringga kötarildi.
Bu bellaşuv Braziliya vakili foydasiga hal böldi (27:30, 28:29, 27:30) va yana bir özbekistonlik boksçi turnirdagi iştirokini yakunladi.
Xurşid Tojiboyev turnirga 1/16 finaldan qöşilgan bölib, avvaliga qatarlik Hoqon Erşekerni 3:0 hisobida mağlub etgandi. 1/8 finalda esa u britaniyalik Jozef Kordinani yenggandi.







