Çexiya politsiyasi Sloveniya va Şvetsiya huquq-tartibot muassasalari Çexiyada terakt amalga oşirmoqçi bölganlarni qölga olganini ma'lum qildi. Jinoyatçilar içimlik suvini zaharlaş va Ebola virusi tarqatiş bilan tahdid qilgan va bu jinoyatlaridan voz keçiş uçun Çexiya hukumatidan katta pul söragan.   

"Gumonlanuvçilar savdo markazlarida Ebola virusini tarqatiş bilan tahdid qilgan. Ular şuningdek içimlik suvi rezervuarlarini zaharlamoqçi bölgan", deb ma'lum qilindi.

Şvetsiyada mahalliy ta'lim muassasalaridan birining talabasi qölga olingan, u ilmiy laboratoriyadan zaharli moddalarni olib çiqqan. Politsiyada talaba laboratoriyadagi saqlagiçdan zaharli modda olayotgani videosi bor. Uning sloveniyalik şerigi xavfli yukni Çexiyaga yetkazişi kerak bölgan. 

Hozirça dalillar töplanmoqda, ayni vaqtda gumonlanuvçilarga ayblov qöyiş uçun ular yetarliça emas.