AQŞ Germaniyada joylaştirilgan atom qurollarini modernizatsiya qilişni rejalaştirmoqda, deb yozgan Der Spiegel naşri. Unda çop etilgan maqolaning qisqartirilgan şaklini Handelsblatt keltirmoqda.
2020-yilga kelib Qöşma ştatlar B61−12 rusumli atom bombalarining yangi namunalarini seriyali işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Ular NATOning Yevropadagi bazalari, xususan Germaniyaning Byuxel aviabazasida joylaştiriladi. Hozirda u yerda 10tadan 20tagaça yadro kallagi mavjud.
Ular Tornado qiruvçi bombardimonçi samolyotlariga joylanişi mumkin. 2010-yili bundestag AQŞ bilan Amerika yadro qurollarini Germaniyadan olib çiqiş böyiça muzokaralar ötkazişni ma'qullagan edi. Biroq, mamlakat hukumati NATOdagi hamkorlari bilan kelişmasdan turib, bir tomonlama harakat qilmaslik borasida qaror qabul qilgan.







