Kubalik inqilobçi, mamlakatning köp yillik yetakçisi, 13 avgustda 90 yoşini qarşilagan Fidel Kastro Gavanada tavallud ayomi munosabati bilan ötkazilgan bayramga taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali muxbiri.

Kuba milliy qahramonining şarafiga uyuştirilgan bayram Karl Marks nomidagi teatrda bölib ötdi va 5 mingga yaqin kişini töpladi. Komandantening özi faxrli birinçi qatordan joy oldi.

Kastroning öng tomonidan uning ukasi va Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro, çap tomonidan esa Venesuela prezidenti  Nikolas Maduro joy egalladi. Bayram marosimi milliy televideniye orqali jonli efirda uzatildi.