Angliyalik sobiq futbolçi, ayni vaqtda BBC telekanalining «Match of the Day» körsatuvida boşlovçi sifatida faoliyat körsatayotgan Gari Likener öz va'dasida turdi va efirga içki kiyimda çiqdi.
Ötgan yilning dekabrida Lineker agar «Lester» Angliyada çempion bölsa, 2016-17 yilgi mavsumning ilk sonini iç kiyimda ötkazişga va'da qilgandi.
«Qöllab-quvvatlagan barçaga rahmat. Men buni qadrlayman. Ajoyib hissiyotlar.
Va'damni bajardim. Lekin, oçiğini aytsam, juda noqulay böldi», — deya yozgan Lineker öz tvitterida.
«Biz sizning ustingizdan kulmaymiz, biz siz bilan birgalikda kulamiz», - deya yozgan BBC telekanalining boşqa bir eksperti, Lineker bilan birga Angliya terma jamoasida töp surgan Alan Şirer instagramdagi sahifasida.

Manba: Tribuna.uz







