Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi 2026 yilgaça özining kiçik ölçamli va arzon modeli Micra’ni ProPilot avtonom boşqaruv tizimi bilan jihozlamoqçi. Bu haqda kompaniyaning haydovçisiz maşinalarni işlab çiqiş bölimi rahbarlaridan biri Styuart Kallegari ma'lum qildi.
"Ayni vaqtda V-segmentdagi köpçilik avtomobillar mexanik uzatmalar qutisi bilan buyurtiriladi. Biroq fikrimizça, vaqt ötişi bilan bu tendensiya özgaradi va bu bizga kiçik maşinalar uçun ProPilot tizimini taklif qilişimizga imkon beradi", deb aytdi Kallegari.
Birinçi avloddagi ProPilot tizimi Serena minivenida ilk marta qöllangan. Funktsiya oldinda ketayotgan maşinalar va yöldagi çiziqlarni kuzatib boruvçi kamera yordamida işlaydi. Rul boşqaruvi, akselerator va tormozga javob beruvçi avtopilot 30 km/soatdan 100 km/soatgaça tezlik oraliğida işlaydi.
2017 yildan ProPilot tizimi bilan Qashqai krossoverining yevropaça varianti jihozlanadi. 2018 yilda uning ikkinçi avlodi paydo böladi, u evaziga avtomobillar harakat polosalarini mustaqil özgartira oladilar. 2020 yilda yaponiyaliklar 3.0 versiyasidagi ProPilot tizimini tayyorlaşadi, u şahar trafigida haydovçisiz harakatlanişga imkon beradi.
2020 yilgaça Renault-Nissan alyansi haydovçisiz boşqaruv funksiyasiga ega böladigan kamida 10 ta avtomobilni seriyali tarzda işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.







