Bugun Rio-Olimpiadasida boksning 91 kilogrammgaça bölgan vazn toifalarida yarim final uçraşuvlari ötkazildi.
Unda Özbekiston vakili Rustam Tölaganov rossiyalik Yevgeniy Tişçenkoga qarşi ringga çiqdi va yutqazdi. Yakuniy natija 0:3 (9:10, 9:10, 9:10).
Tölaganov bronza medal bilan kifoyalanadigan böldi.
Uning bronzasi mamlakat delegatsiyasi uçun uçinçisi böldi. Bunga qadar dzyudoçilardan Diyorbek Örozboyev hamda Rişod Sobirov ham bronza medali bilan taqdirlangandi.
Hozirda terma jamoa 55-örinda joylaşgan. Bitta oltin medal Özbekiston terma jamoasini 30-poğonaga olib çiqadi.









