AQŞning Miluoki şahrida (Viskonsin ştati) qora tanli yigit politsiyaçilar tomonidan öldirilgandan keyin avj olgan ommaviy tartibsizliklar sababli okrug şerifi Devid Klark vaziyatni bostiriş uçun AQŞ milliy gvardiyasidan yordam söradi.

"Biz tunda (13 avgustdan 14 avgustga ötar keçasi) sodir bölgan voqealarning takrorlanişiga yöl qöya olmaymiz. Men bunga erişiş uçun barça vositalardan foydalanaman", deb aytdi şerif Miluoki meri, Viskonsin gubernatori va ştat milliy gvardiyasi generali bilan maslahatlaşgandan söng.

Tartibsizliklarda 4 politsiyaçi jarohat olgan, 17 kişi hibsga olingan.

23 yoşli qora tanli yigitni yarim avtomatik töpponçadan otib öldirgan politsiyaçi ham qora tanli bölgan. Miluoki meri Tom Barrett keyinroq ma'lum qilganidek, politsiyaçiga örnatilgan kameradan olingan tasvir ham öldirilgan yigitda qurol bölganini tasdiqlagan.