Tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan tadbirda fuqaro Ravşan Hasanov (ism-familiyalar özgartirilgan) öziga tegişli xonadonlarning birida yaşirin sex taşkil etib, gaz va elektr energiyasiga qonunga xilof ravişda ulanib, yeryonğoqni qovuriş jarayonini taşkil etib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

U bu mahsulotni bozordan arzon-garovga sotib olib, qölbola yasalgan uskunalardan foydalangan holda, sanitariya qoidalariga mutlaqo töğri kelmaydigan şaroitda, qolaversa, texnik qoidalarga ham rioya etmagan holda sifatsiz mahsulot tayyorlagan. 

Tekşiruv yakunida R.Hasanovga tegişli 6 mln. sömlikka yaqin tovar-moddiy boyliklar aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.