Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 2020-yilga kelib, avval ham işlab çiqarilgan 8-Series maşinalarini işlab çiqişni boşlaydi, deb xabar qilmoqda BMW Blog.
Işlab çiqaruvçining rejasiga muvofiq, BMW kompaniyasining yangi modeli Mercedes-Benz S-Class Coupe rusumiga raqobat uyğotişi, BMW 6-Series Coupe va Convertible modellari örnini egallaşi lozim.

Portal ma'lumotlariga köra, yangi modelga allaqaçon G14/G15 içki tartib raqami berilgan. U, hozirgi BMW 7-Series (G11/G12) hamda işlab çiqilişi kutilayotgan BMW 5-Series (G30/G31) va BMW 3-Series (G20) modellarining birmunça takomillaşgan CLAR platformasi negizida barpo etiladi.
Maşinaning motorlari safiga 450 ot kuçidan 650 ot kuçigaça ega bölgan benzinli va dizelli dvigatellar kiradi. Bundan taşqari, uning gibrid namunasi ham paydo bölişi mumkin.
Qayd etilişiça, nemis avtogiganti 825, 830, 835, 850, 845, 860 va M850, raqamlarini röyxatdan ötkazgan bölib, yangi 8-Series’da yuqoridagi raqamlar bilan belgilanuvçi modifikatsiyalar böladi.







