Xitoyning Guyçjou provinsiyasidagi Jondon qişloği mamlakatning yuqori texnologiyali şahar va qişloqlaridan tubdan farq qiladi, deyiş mumkin. Bu yerda istiqomat qilayotganlarning xitoylik ekani e'tiborga olinmasa, ular dunyo fabrikasi nomini olgan mamlakatning bir hududida yaşayotganiga işoniş qiyin.
Gap şundaki, qişloq dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylaşgan yirik ğorda, ta'bir joiz bölsa, ulkan toğ bağrida joylaşgan. Bu yerda 100 nafarga yaqin inson kun keçiradi. Ular har hafta 15 kmlik masofani bosib bozorga borişga majbur bölişadi. Avvalroq, bu yerda maktab ham faoliyat yuritgan, biroq hukumat 2011-yili uni yopişga körsatma bergan. Endilikda bolalar, yaqin oradagi maktabga boriş uçun ikki soatlik yöl bosişlariga töğri kelmoqda.












