Mustaqillik kuni Hindistonning asosiy milliy bayramlaridan biri hisoblanadi. Şu munosabat bilan mamlakat poytaxti Dehli şahri va boşqa yirik şaharlarida ehtiyot va xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. IIV xabar qilişiça, maxsus xizmatlardan qöporuvçiliklar röy berişi mumkinligi haqida xabar olingaç, poytaxt köçalarida 50 mingdan ortiq patrul xizmatçilari navbatçilik qilmoqda. 

Şaharning 17-asrga oid Qizil Fort tarixiy yodgorlik majmuasi ham jiddiy qöriqlanmoqda. Aynan şu yerda asosiy tantanalar bölib ötadi. 70 yil muqaddam respublikaning birinçi boş vaziri Javaharlal Neru tomonidan amalga oşirilgan va ana'anaga aylanib ulgurgan odatga köra, hukumat rahbari faxriy qorovul oldidan ötib, millatga murojaat qiladi. 

Uşbu maydon atrofida 15mingga yaqin xavfsizlik xodimlaridan iborat 8ta xavfsizlik xalqasi barpo etilgan. 500dan ortiq kuzatuv kameralari örnatilgan. Maydon atrofidagi baland binolarning tomida snayperlar va havo hujumidan himoya vositalari joylaştirilgan. Bundan taşqari, Qizil Fort osmoni kun davomida politsiya vertolyotlari va uçuvçisiz parvoz qiluvçi qurilmalardan boşqa har qanday texnika uçun yopiq böladi. 

1947-yil 15-avgust kuni Hindiston mustaqillik akti (Indian Independence Act) qabul qilingan edi. Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi ikkiga bölinib, Hindiston ittifoqi va Pokistonga ajratilgandi. 

Şu kundan e'tiboran, mamlakatning şahar va qişloqlarida, davlat mulozimlari iştirokida davlat bayroğini kötariş tantanali marosimi ötkaziladi. 

Pokiston öz mustaqilligini Hindistondan bir kun avval, 14-avgustda nişonlaydi.