Kanadaning Port-Kokuitlam şahrida urğoçi ayiq 10 yoşli qizga hamla qildi, deb xabar bermoqda CBC News.
Ta'kidlanişiça, qizça hamla oqibatida oğir jarohatlar olgan.
Politsiyaçilar ayiqni otib öldirişgan, çunki ayiq odamlar yiğilgan joyni tark etmagan va ularga xavf solgan.
Ayiq qizçaga taşlanganda uning yonida ayiq bolasi bölgan. U hozir izlanmoqda. Politsiyada agar ayiq bola ham xavf tuğdirsa, otib taşlaşi mumkinligi aytilgan.
Hukumat odamlardan voqea joyidan uzoqroqda qolişni söramoqda. Voqea sabablari tergov qilinmoqda va bu holat ayiq odamlardan qörqmay qöygani sababli yuz bergan bölişi mumkinligi aniqlaştirilmoqda.
Odamlardan köçalarga oziq-ovqat qoldiqlarini taşlamaslik va daraxtlardan mevalarni uzmaslik iltimos qilingan, çunki bu yovvoyi hayvonlarni jalb qilişi mumkin.







