AQŞ prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton saylovoldi ştabi yangi dasturni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Unga muvofiq, DREAM qonun loyihasini joriy qiliş mumkin bölgan noqonuniy muhojirlarning farzandlari saylovçilarni röyxatga oliş jarayonida qatnaşadi, deb yozgan Hill naşri.
DREAM qonun loyihasi, 16 yoşgaça bölgan çoğida AQŞga kirib kelgan va kamida beş yil Qöşma Ştatlarda istiqomat qilgan noqonuniy muhojirlarga nisbatan siyosatni yumşatişni közda tutadi. Naşrning yozişiça, "Mi Sueño, Tu Voto" ("Mening orzuim, sizning ovozingiz") dasturi 15-avgustdan işga tuşadi.
"DREAM dasturi qatnaşçilari deportatsiyadan xavotirda yaşab kelgan oilalarni qöllab-quvvatlaş kampaniyamizda muhim örin tutdi. Şu boisdan ham biz bu kabi jarayonni haqiqatga aylantiruvçi dasturni işlab çiqdik", — deb bayonot bergan Klinton kampaniyasining lotinamerikalik saylovçilar bilan işlaş böyiça milliy direktori Lorella Prayeli (Lorella Praeli).







