Bornmutda Angliya Premer-ligasining yana bir uçraşuvi yakunlandi. Mezbonlar «Mançester Yunayted»ni qabul qildi va 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Öyinning 40-daqiqasida himoyaçining qöpol xatosidan foydalangan Xuan Mata «MYu»ni olğa boşladi.

Tanaffusdan keyin Antoni Marsiyalning pasini qabul qilgan Ueyn Runi özining navbatdagi golini urdi - 2:0.

Marsiyal 64-daqiqada yana bir golli pas uzatdi. Uning pasi Zlatan Ibrahimoviçga APLdagi debyutini gol bilan nişonlaş imkonini berdi — 3:0.

3 daqiqa ötib Adam Smit oradagi farqni qisqartirdi. Ammo «Bornmut» vaziyatni özgartira olmadi.

Şu tariqa Joze Mourino şogirdlari ilk 3 oçkosini olib, hozirça turnir jadvalida peşqadamlikni qölga oldi.
Bornmut – Mançester Yunayted 1:3
Gollar: 0:1 – 40 Mata, 0:2 – 59 Runi, 0:3 – 64 Ibragimoviç, 1:3 – 69 Smit.
Bornmut – Boruts, Smit, Frensis, Deniels, Kuk, Kuk (Gradel, 81), Serman, Ayb (Afobe, 68), Arter, King, Uilson (Grebben, 67).
Mançester Yunayted – De Xea, Valensiya, Şou, Bayi, Blind, Mata (Mxitaryan, 75), Fellayni, Errera, Ibragimoviç, Marsyal (Şnayderlin, 85), Runi (Depay, 89).
Ogohlantiriş: Errera (86).







