Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi ham start oldi. 1-tur yakunlaridan kelib çiqib, turli statistik ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 

Gollar: 

APLning 1-turida ötkazilgan 10ta uçraşuvda jami darvozalarga 28 marotaba gol kiritildi. Şundan 13tasini mezbonlar kiritgan bölsa, qolgan 15tasi mehmonlar hisobiga yozildi. 

1-turda APL işqibozlari ikkita avtogolga guvoh bölişdi. Ulardan birini «Sanderlend»  himoyaçisi Makneyr öz darvozasiga kiritib qöyganligi oqibatida, «Mançester Siti» ğalaba qozonib ketdi. 

«Liverpul» yarim himoyaçisi Felipe Koutino ilk turda dublga erişgan yagona futbolçiböldi. 

Eng tezkor gol: Serxio Aguero («Mançester Siti» - «Sanderlend» - 2:1) – 4 – daqiqa

Eng keç gol: Diego Kosta («Çelsi» - «Vest Xem» - 2:1) – 89 daqiqa

Muxlislar taşrifi:

1-turda jami 330 016 nafar muxlis bevosita stadionda turib kuzatib borişgan. 
Eng köp muxlis: «Arsenal» - «Liverpul» (60,033)
Eng kam muxlis: «Bornmut» - «Mançester Yunayted» (11,355)

Ogohlantirişlar:

Premer-liganing 1-turida hakamlar jami 40 marotaba sariq kartoçka bilan futbolçilarni jazoladi. Mezbon jamoa öyinçilariga bu borada 19 marotaba sariq berilgan bölsa, mehmonlarda bu körsatkiç 21tani taşkil qilmoqda. 

Faqatgina, bitta futbolçi qizil kartoçka olib, uçraşuvni barvaqt tark etdi.