Angliya terma jamoasi sobiq futbolçisi Devid Bekxem va uning rafiqasi Viktoriya Bekxem Fransiya janubidagi villasini sotmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri. Juftlik villani 2,4 mln funt sterlingga sotmoqçi.

Ta'kidlanişiça, Bekxemlar oilasi bu villada juda kam böladi. Gaplarga qaraganda, villada öz joniga qasd qilgan uning sobiq egasining ruhi kezib yuradi. Biroq maşhur juftlik villani London va Los-Anjyelesda köproq vaqt ötkaziş uçun sotayotgani ehtimoli katta.

Viktoriya Bekxem villani 2003 yilda 1,5 mln funt sterlingga sotib olgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, u 19-asrga tegişli uyni yangilaş uçun 5 mln funt sterling sarflagan. Şu tariqa, uyni sotişdan köriladigan zarar 4 mln funt sterlingni taşkil qiladi. 

Iyulda Devid va Viktoriya turmuş qurganlarining 17 yilligini nişonlaşgandi.