Hindistonlik muhandis-talaba Vimal Govind Manikandan özining jamoasi bilan birga 750 dollarga işlaydigan ekzoskelet qurdi. Bu haqda Techworm portali xabar bermoqda. 

Talabaning aytişiça, u kostyumni yaratişda rejissyor Jyeyms Kemeronning "Avatar" filmidan ilhom olgan. Ekzoskelet oğirligi 100 kg ga yaqin bölib, 150 kg gaça yukni kötara oladi.

Talaba jamoasi qurilmani yasaş uçun 750 dollar sarflagan, vaholanki bunday qurilmaning eng arzon muqobillari 10 minglab dollarlar turadi. Kostyumda ikkita sezilarli kamçilik mavjud: qurilma oğir bölgani sababli unda tez harakatlanib bölmaydi hamda batareyalari quvvati juda oz vaqtga yetadi. 

Talaba öz ixtirosini mamlakatning mudofaa vazirligiga taqdim qilmoqçi, biroq u ekzoskeletning kelajagini sanoat va oğirliklar kötariş bilan boğliq boşqa tinç sohalarda körmoqda.