Ruslan rekordni yangilagaç, aziz va qadrdon yurt bayroğini köksiga bosib yiğlaganida çiday olmay qoldik. Mijjalar köz yoşga, aççiq emas, balki madhiyamiz sadosidan hapqirib, iç-içingdan keladigan ğurur yoşlariga tölgan subhidam bu...  

Tongning hayrlisi mana şunday keladi...  Ajoyib kuning avvalidayoq jahonni narigi burçagida norğul özbek yigiti butun olamni lol qoldirib turgan bölsa...

Hali, yurtim insonlari Hasanboyning muvaffaqiyatidan sarmast yurgan bir vaqtda yana bir atletimiz kayfiyatni samolarga parvoz qildirdi.

Subhga yaqin Ruslan iştirokidagi musobaqalarni oynai jahon orqali olib berişni boşlaşi bilan pahlavonimizni yutişiga bölgan işonçni yurakdan seza boşladik.  Çunki, andijonlik yigit jonsiz, lekin qaysar toşni böysundiriş uçun boşqaça xotirjamlik bilan çiqardi. Raqiblar ham çakki emas ekan. Arman, eron va qozoq polvonlarining Nuruddinovga qilgan kuçli bosimini sezmasligini iloji yöq edi. Biz esa yoş bölsada, tajriba va saviya bobida Ruslanning ular orasida yagona ekanligini ilk lahzalardayoq bilib bölgandik. Men atletimizdan ikki-uç marta telefon orqali intervyu olganman. Kaminani har safar hayratga solgani undagi kamtarlik edi. Ha, bejiz uluğlarimiz - “Kamtarga kamol” demaganlar. 

Mana şunday onda közga yoş kelişi esa tabiiy edi.  Qadriyatlarimizni olamga yoyişni Ruslandan örganiş kerakdek... Har bir çiqişidan keyin tomoşabinga qöli köksida özbekona ta'zim va lutf qilardi, öğlonimiz. U oxirgi marta çiqiş qilganida hammasi hal bölgan, Ruslan çempion edi.

Asli erkak kişining köziga yoş kelişi va hapqirib kelgan yiğini aytişi ma'qul emasdek... Lekin, men mana şunday yuraklarni ezib, Özbekistonim ğururi uçun böğzimga bir narsa tiqilgança hapqirtiradigan onlarni köp bölişini hohlardim.  

Andijonlik şoir döstimiz Ravşan Hamroz erta tong Ruslanga atab şe'r bitibdi:

 

Pahlavon Mahmudlar qöllagay mudom,

Vatan şa'ni uçun kim kötarsa toş.

Bu kabi yutuqlar bölsin bardavom,

Olimpiya rekordin örnatding, yurtdoş!

 

Özbekiston ahli şoddir yutuqdan,

Butun jahon senga berib qöydi tan.

Istiqlol töyiga eng zör töyona,