Xitoy şimoli-şarqidagi Xeyluntszyan viloyatida istiqomat qiluvçi keksa xitoylik öz itiga umrbod töplagan 80 ming yuan (12 ming dollarga yaqin) mablağini meros qoldirdi, deb xabar qilmoqda China Daily gazetasi.

Harbin şahrining 71 yoşli fuqarosi Van Tszyunu mahalliy uy hayvonlari boşpanasiga murojaat qilib, vasiyatnoma yozgani va özining töplab yurgan 80 ming yuanini hadya qiliş niyatida ekanini aytgan. U, Erfu laqabli iti qarib qolganida unga "nafaqa beriş" uçun uşbu pullardan foydalanişni tavsiya etgan. 

Ma'lum bölişiça, Erfu qariya oilasining yagona a'zosi hisoblanadi. Uning öğli 6 yoşligida avtohalokatdan halok bölgan, keyinçalik rafiqasi ham xastalikdan vafot etgan. 

"Sönggi vaqtlarda men özimni yomon his qilyapman. Itim esa yagona taşvişimdir", — degan nafaqaxör. 

Hayvonlar boşpanasi ma'muriyati bir neça infarkt va insultlarni boşidan keçirgan qariyaning taklifini qabul qilib, hayvonga ğamxörlik qilişga va'da bergan, ammo pullarni olişdan boş tortgan.