Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi oldidan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengaşi hamda Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi tomonidan “Gözal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” şiori ostida “Vatan va xalq mangu qoladi” nomli audio töplam tayyorlandi. Mazkur töplamda Prezidentimiz Islom Karimovning hikmatli söz va iborlari örin olgan. Şuningdek, bir qator taniqli şoirlarning vatanparvarlik ruhidagi şe'rlari ham joy olgan. Töplam matnlarini Rahimboy Jumaniyoz öqigan bölib, Sultonali Rahmatov musiqalaridan foydalanilgan. Audiodiskning ustki qismida Respublika bayroği va gerbi ifodalangan. Dizayn körinişiga kök, oq, yaşil ranglar uyğunlaştirilgan bezak berilgan. Orqa qismida Islom Karimovning: “Vatanparvarlik – bu şunday nozik, teran bir tuyğuki, u faqat ona suti bilan kirişi va jon bilan çiqişi mumkin” iborasi keltirilgan. Töplam ma'naviy-ma'rifiy va  ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda erkin foydalanişga möljallangan.