AQŞning Kaliforniya universiteti olimlari Lotin Amerikasi etnik guruhi vakillari sekinroq qarişlarini aniqlaşdi. Bu haqda Genome Biology naşri xabar bermoqda.
"Lotin amerikaliklar qand kasalligi va boşqa kasalliklardan köproq aziyat çekişlariga qaramasdan, yevropoidlardan uzoqroq umr körarkanlar. Olimlar buni "Lotin Amerikasi paradoksi" deb ataydilar", deb yozdi tadqiqotning yetakçi muallifi Stiv Xorvat va olingan ma'lumotlarga köra lotin amerikaliklar molekulyar darajada sekinroq qarişlari aniqlanganini aytib ötdi.
Olimlar turli elatlarning DNKlarini soliştirib, lotin amerikaliklarning qoni qolgan elatlarnikiga qaraganda sekinroq qarişi haqidagi xulosaga kelişdi.
Avvalroq 70 yoşgaça yaşagan ota-onaning farzandlari ham şunday uzoq umr körişga katta imkoniyatlarga ega bölişlari ma'lum qilingandi.







