The Verge naşri eksperti Buyuk Britaniyada bölib ötgan CanJam London 2016 körgazmsiga taşrif buyurib, dunyodagi musiqa eşitiş uçun möljallangan quloqçinlar uçun eng qimmat audiotizim bilan tanişdi. Uning fikriga köra,  tovuşni MSB Technology asosida raqamli-analogli özgartiruvçi qurilma audiomuhandislik ğoyasining ajoyib mahsulidir. 

Ammo, MSB qurilmasini musiqaga mukkasidan ketganlar ham xarid qiliş borasida öylab körişi aniq. Tizim uç qismdan iborat bölib, MSB Select soliqlarni hisoblamaganda 90 000 dollarga sotiladi. Select tovuş kuçaytirgiçlari uçun 37 950 dollar va elektrostatik quloqçin SR-009ni xarid qiliş uçun yana 3 825 dollarning bahridan keçiş talab etiladi. Ammo, bu qurilma çiqaradigan musiqani tom ma'noda "sehrli", deyiş mumkin. 

"Har bir mitti ohang mikroskopik aniqlik bilan takrorlanadi, u ohangdagi har qanday özgarişlarni ajratadi, — deb yozadi jurnalist, — Men Aerosmith, Adel, Emi Uaynxaus, Nirvana, Metallica, Mendelson va boşqa turli musiqalarni tinglab kördim, va har safar men ajrata olgan yangi ohang bor edi. Şu boisdan ham, Select tizimi juda ajoyib".

Select DAC içiga 16 ta raqamli-analogli özgartirgiç örnatilgan. Ular ohangdagi har qanday nuqsonni bartaraf etadi.