Google Fiber yuqori tezlikdagi internet provayderini rivojlantiriş sur'atlari kompaniya kutganidan sekinroq amalga oşmoqda. Şunga köra, Alphabet xoldingi (Google kompaniyasi ham uning tarkibiga kiradi) loyihani qayta taşkil etadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Google Fiber 2010-yili işga tuşirilgan edi. Vaqt ötişi bilan IT-korporatsiyasi rahbariyati, uşbu soha ança qimmat va köp mehnat talab qiladigan biznes ekanini tuşunib yetgan.
Google provayderni işga tuşiriş uçun yuz millionlab dollar mablağni sarfladi. Taşkil etilgan yangi tarmoq, Amerika provayderlarining hozirgi internet tezligidan 30 marta tezroq ulanişni taqdim etişi lozim edi.
Biroq, Alphabet rahbariyati San-Xose va Portlendda uşbu tizimga ulanişni keçiktirişga qaror qilişgan. Bundan taşqari, Los-Anjyeles, Dallas va Çikago şaharlaridagi tizimlar faoliyati ham qayta körib çiqiladi.
Palo-Alto şahri texnik departamenti rahbari Jonatan Reyxentalning söziga köra, Google Fiber provayderining şahar va atrofida işga tuşiriş muddati olti oyga keçiktirilgan.







