Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi 2021 yilga borib muqobil transport vositalarini işlab çiqariş böyiça rejasini e'lon qildi. Yangi harakatlaniş vositalari, kompaniyaga köra, tom ma'noda muqobil böladi. Uning na ruli, na tormoz va yoki gaz pedali böladi.
Biroq, xulosa qilişga şoşilmang. Çunki, dastlab Ford muqobil maşinalari harakatlanadigan hudud keskin çegaralanadi. Kompaniya vitse-prezidenti Ken Vaşingtonning sözlariga köra, uşbu maşinalarning haakati uçun hududni tanlaşda, uning geografik joylaşuvi hamda iqlimi e'tiborga olinadi.
Birinçi navbatda Ford kompaniyasining muqobil maşinalari Şimoliy Amerika köçalarida paydo böladi. Biroq, kompaniya bu bilan çegaralanib qoliş niyatida emas. Hozirça, muqobil maşinalarning qanday körinişda bölişi ham ma'lum emas. Vaşingtonning sözlariga köra, ular Ford Fusion negizida işlab çiqarilişi mumkin.
Avtomobilsozlik kompaniyasi 2021-yilda belgilangan rejani töliq amalga oşiriş maqsadida haydovçisiz boşqariladigan startaplarga sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. 17-avgust kuni ma'lum bölişiça, Amerika kompaniyasi Xitoyning yirik internet qidiruv xizmati Baidu bilan hamkorlikda Amerikaning Velodyne LiDAR Inc kompaniyasiga 150 mln dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu kompaniya yuqori aniqlikdagi sensorlar va radarlarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Lidar texnologiyasi harakatlanayotgan avtomobil atrofidagi vaziyatni baholaş, xususan tösiqlarni aniqlaş uçun lazerdan foydalanişni közda tutadi.












