Fransiyada dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qöyildi. Nitstsadan uzoq bölmagan Kap-Ferra yarim orolida joylaşgan “Kedr” villasi 2008 yildagi narxdan ikki barobar qimmatroq narxda sotuvga qöyilgan. Hozir villa deyarli 1 mlrd yevroga sotilmoqda. 2008 yilda esa 370 mln yevro va mebellar uçun qöşimça 19,5 mln yevro narxda sotuvga qöyilgan edi.

Uşbu villa qaçonlardir Belgiya qiroli Leopold II ga qaraşli edi. Birinçi jahon uruşi yillarida villadan harbiy gospital sifatida foydalanilgan. Hozir u rasman tarixiy yodgorlik maqomiga ega.

2008 yilda villani şveysariyalik bankir Edmond Safraning bevasi Lili Safra sotuvga qöygan edi. Öşa vaqtlar matbuotda villani rossiyalik milliarderlardan biri rekord narxga sotib olmoqçi ekani aytilgandi. Bundan taşqari köplab xaridorlarning ismlari va ular sotib olmoqçi bölgan narx haqida yozilgan bölsa-da, uşbu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Hozir villani Marne-Lapostollar oilasi sotuvga qöygan.