Bir neça yillar muqaddam öz köngiloçar tomoşalari bilan muxlislar e'tiborini qozongan "Million" guruhi yana katta sahnaga qaytmoqda.
Jamoa yetakçilaridan biri Davron Kabulov özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu haqda ma'lum qilgan.
"Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, yeçimi bilan berganiga Allohga behisob şukr!", deyiladi uning Instagramdagi sahifasida.
Ilova qilingan suratda 15-18 sentabr kunlarida "Istiqlol" san'at saroyida guruhning konserti bölib ötişi körsatilgan.

Eslatib ötamiz, «Million» jamoasi sönggi bor 2014 yil aprel oyida konsert bergan edi. Oradan bir neça oy ötib, konsert videodisklari çiqqanidan söng, guruh sahnaga olib çiqqan köplab hazillar jamoatçilik tomonidan keskin tanqidga uçradi.
Keyinroq, 2014 yil sentabrida esa «Million» qiziqçilar jamoasining konsert-tomoşa faoliyati uçun berilgan litsenziyasi «Özbeknavo» estrada birlaşmasi tomonidan tugatilgan edi.








