Yaponiya hukumati 2017-moliya yilida mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy byudjyetni taklif etmoqda. Xususan, unda Şimoliy Koreya ballistik raketalaridan himoya vositalarini kuçaytiriş uçun xarajatlar, Janubiy-Xitoy dengizidagi tortişuvli orollarda Xitoyga qarşi turiş uçun suvosti kemasini barpo etiş közda tutilgan, deb xabar qilmoqda NHK telekanali. 

OAV ma'lumotlariga köra, 2017-yilgi harbiy xarajatlar 2,3 foizga kötarilib, 5,16 trillion iyen (taxminan 51,6 milliard dollar)ga yetadi. Tahlilçilar, Yaponiya harbiy xarajatlarining ösişini KXDR raketa sinovlari bilan boğlaşmoqda. 

NHK telekanalining xabar qilişiça, "Petriot" (PAC-3) ballistik raketalar majmuasi hisobiga raketa hujumlaridan mudofaa tizimini kuçaytiriş uçun 105 milliard iyen (1,05 milliard dollar) sarflanadi. 

Bundan taşqari, Yaponiya birinçi marta Amerikaning eng yangi SM-3 Block IIA boşqariluvçi zenit raketalarini sotib oladi. U, ming km balandlikkaça uça oladi. Ularni "Ijis" (Aegis) tizimiga ega harbiy kemalarda joylaştiriş közda tutilgan.

"Nixon keydzay" ("Nikkey") gazetasining yozişiça, şu yilning kuzida raketalar Havayi orollari çekkasida sinovdan ötkaziladi. 2017-yildan ularni işlab çiqariş boşlanadi. 

Yaponiyada işlab çiqariluvçi suvosti kemasi bortiga, "Sankey simbun" gazetasi xabariga binoan, 300 km uzoqlikka uça oladigan raketa örnatiladi. Kema, 2023-yili Senkaku mojaroli arxipelagiga yaqin joylaşgan Okinava prefekturasi Miyako orolida harbiy navbatda turadi. 

Şu bilan Yaponiya Senkaku arxipelagi atrofidagi tortişuvli orollar borasida öz pozitsiyasini kuçaytiriş niyatida. Tokio va Pekin ma'muriyatlarining özaro hududiy da'volari, 2012-yili yapon hukumati Xitoy öziniki deb hisoblovçi 5ta oroldan 3tasini xususiy şaxsdan sotib olgaç, keskinlaşgan edi. Yaponiyada yangi moliya yili 2017-yil aprelidan boşlanadi. 

2018-yilgaça Yaponiya mudofaa salohiyatini kuçaytiriş dasturiga köra, yiliga harbiy xarajatlar hajmini 0,8 fozga oşiriş rejalaştirilgan. Umuman, Yaponiya hukumatiga Sindzo Abe qaytgaç, mamlakat mudofaa xarajatlari orta boşladi.