Ayni damda siz öz tasavvuringizdagi uy yoki binoni yaratiş arafasida turibsiz. Qolaversa, siz qurmoqçi bölayotgan imorat pişiq va puxta xom-aşyolardan bunyod etilişini istaysiz, şundaymi?
My-shop kompaniyasi esa sizga bu borada Also zavodi xizmatlaridan foydalanişni tavsiya etadi.
Alco

Uşbu yirik kompaniyaga 2008 yilda asos solinib, zavodda şu yilning özidayoq alyumin kompozitli panellar hamda poliproplein quvurlari işlab çiqarila boşlandi. Bugungi kunda esa uşbu mahsulotlar sifatliligi va xalqçilligi bois quriliş mollari bozorida öz örniga ega. Şunday bölsa-da, My-shop kompaniyasi panel va quvurlarning sifatini sinab körib, söng sizlarga tavsiya etişni ma'qul kördi.


Korxona muvaffaqiyatli faoliyatni yölga qöyiş maqsadida bir neçta davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Panel va quvurlar xom- aşyosi esa Xitoy, Turkiya va Koreya davlatlaridan keltiriladi. Şu boisdan xam, mahsulotlar sifati nafaqat özimizning, balki çet el bozori bilan ham bemalol raqobatlaşa oladi.
Sifat darajasi oşgani sari esa unga bölgan talab ham ortib bormoqda. Ayni damda Alco zavodida 100 ga yaqin hamyurtlarimiz qizğin jarayonli iş bilan ta'minlangan.
Zavodda issiq hamda sovuq suv uçun möljallangan quvurlar, şuningdek, kanalizatsiya quvurlari turli ölçamlarda işlab çiqarilib, mutaxassislar uşbu mahsulotning çidamliligiga 50 yillik kafolat berişadi.

Endi, panellar va ularning afzallik jihatlari borasida töxtalsak...
Hozirgi kunda panellar turfa körinişdagi binolarning taşqi körinişini bezatişda juda keng foydalanib kelinmoqda.

Uşbu panellarning afzallik jihati şundaki, ular issiq hamda sovuq havoni ötkazmaslik hususiyatiga ega.







