Misr-turk munosabatlarining normallaşuvi rasmiy Anqaraning bir neça şartlarni bajarişi, xususan Misr xalqining tanlovini hurmat qiliş hamda boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik qoidasiga rioya etişiga boğliq, degan fikrni ilgari surgan Misr arab respublikasi TIV rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd. 

Diplomatning sözlariga köra, Qohira ma'muriyati Turkiyaning qaraşida ijobiy siljişlar közga taşlanganini sezsa, "munosabatlarni yaxşilaşga tayyor böladi".

Şu bilan birga, Abu Zayd Turkiya hukumatining siyosiy qarama-qarşilikka e'tibor bermagan holda iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş xususidagi taklifiga rozilik bildirmagan. 

"Davlatlararo munosabatlarni alohida tarkiblarga ajratiş mumkin emas. Ular ma'lum bir asosga barpo etiladi. Öşa asoslar naqadar mustahkam bölsa, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi", — deb ta'kidlagan Abu Zayd. 

Misrlik diplomatning aytişiça, garçi Turkiyaning hozirgi rahbariyati bilan kelişmovçiliklar mavjud bölsa-da, "Misrning turk xalqi bilan aloqalarida heç qanday muammo mavjud emas".